Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi
Телефон:

Hujjatlar to'plami

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN MUSIQA AKADEMIK LITSEYI

 

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi harbiy orkestr jamoalari, shuningdek boshqa orkestr va badiiy jamoalar uchun damli va zarbli cholg‘ular ijrochiligi yo‘nalishida etuk kadrlarni maqsadli tayyorlaydi. Ta’lim muassasasida o‘qitish umumiy o‘rta hamda o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlari va  o‘quv rejalari, dasturlari asosida amalga oshiriladi.

Akademik litseyga umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan, sog‘lig‘i jihatidan o‘qishga yaroqli deb topilgan, yozma hamda ijodiy imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar o‘qishga qabul qilinadi.

Аkademik litseyga nomzodlarning hujjatlari joriy yilning 22- iyun kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyiga 

Tanlab olishda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar onlayn taqdim etilishi talab etiladi:

  1. nomzodning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan akademik litsey direktori nomiga ariza (namuna beriladi);
  2. nomzodning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan to‘ldirilgan so‘rovnoma (namuna beriladi);
  3. nomzodning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
  4. 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  5. nomzodning tibbiy daftarchasi (063 shakl);
  6. dona 3x4 sm o‘lchamli rangli fotosurat;
  7. nomzodning o‘qish joyidan baholar tabelining nusxasi;
  8. nomzodning ota-onasining (ularni o‘rnini bosuvchi shaxslarning) pasportlari nusxalari.

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, “S” mavzesi.

Telefon: 71276-34-65, 99 864-74-41.

Elektron pochta manzili: info@rimal.uz

Web manzil: www.rimal.uz

Hujjatlar  +998998647441 telegram manzili orqali qabul qilinadi.  

RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN MUSIQA AKADEMIK LITSEYIGA O‘QISHGA MARHAMAT!

Перепечатка, а равно использование материалов с данного сайта, разрешена только по согласию с владельцем.
Bizga murojat
Контакты
Телефон:
Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi