Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi

Маънавият ва маърифат ишлари бўйича ҳисобот

Нужна консультация?
Маънавият ва маърифий ишлар бўйича ҳисобот
HMALDA sentabr-oktabr oyida bo‘lib o‘tgan tadbirlar hisoboti. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab amalga oshiriladigan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma`naviy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashqivot ishlarini muntazam olib borish kerakligini ta`kidladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etib, xalqimizga tabrik yo‘lladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etib, xalqimizga tabrik yo‘lladi.“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida davlatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni bu ulug‘ ayyom bilan tabrikladi. Yangi o‘quv yilida “Bilimlar kuni” tadbirini o‘tkazishga bag‘ishlangan tantanali “Saflanish”, “Mustaqillik darslari” hamda pedagog xodimlar uchun “Ma`naviyat soati” tashkil etildi, bugun 5- sentyabr. Harbiy musiqa akademik litseyida yangi o'quv yili boshlandi. Tantanali saflanishdan so'ng birinchi ota-onalar yig'ilishi bo'lib o'tdi, o'quvchilar esa zavq bilan darslarga ishtirok etdilar. Oq yo'l tilab! Barcha o‘quvchilarning odob-ahloqi, tarbiyasi, intizomi, davomati haqida tarbiyachilarga o’quv yili davomida qilinadigan vazifalari tushuntirildi, zarur ko’rsatmalar berildi. Tarbiyachilarga hafta kunlarini nomlanishi tartibi asosida ishlar tashkil etish kerakligi haqida tushuncha berdi. Dushanba kuni -“Iqtisodiy bilimlar kuni” Seshanba kuni -“Sport va sog‘lomlashtirish kuni” Chorshanba kuni- “Huquqiy savodxonlikni oshirish kuni” Payshanba kuni - “Ma`naviyat kuni” Juma kuni- “Ozodalik kuni” Shanba kuni- “Ota-onalar kuni” Barcha tarbiyachilar va o‘quvchilar ushbu hafta kunlariga to‘liq rioya etishini ta`minlashini, nazorat qilish vazifalari topshirildi. Harbiy musiqa akademik litseyiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o'rinbosari Sarvar Dehkanovich Mamayusupov tashrif buyurib o‘qituvchi va tarbiyachilarni tabrikladilar. Shuningdek, 1-oktabr –“O‘qituvchi va murabbiylar kuni ” umumxalq bayramiga bag‘ishlab, HMALda chiroylik bayram dasturi tashkil qilindi, bayramga barcha ustoz va tarbiyachi, o‘quvchilar ishtirok etishdi.Bayramni litseyimiz direktori R. M. Nigmatov ochib berdila va bayram dasturini tomoshabinlar maroq bilan tamosha qilishdi. Ushbu kunga qo‘sholoq bayram bo‘ldi, Harbiy musiqa akademik litseyida qizlarning ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilib, ularning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi, maroqli hordiq chiqarishi uchun sharoit yaratilgan. Shunday qilib, sentabr oyida maxsus obodonlashtirilgan “Qizlar bog‘i” ochilishi. HMALda yana bir shodiyona, O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixi timsoli bo‘lib xizmat qilayotgan madaniy merosi asrab-avaylanib, avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Bu ezgu ishga Harbiy musiqa akademik litseyi ham hissa qo‘shmoqda. Buyuk ajdodlarimiz Sohibqiron Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma zalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Iqtidorli va iste`dodli o‘quvchilar haqida ma`lumot bazasini yangilab borish, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, qo‘llab-quvatlash va tizimli rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash va tizimli rag‘batlantirish. HMALda o‘quvchilar o‘rtasida she`rxonlik kechalari bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar yod olgan she`rlarini va asarlari haqida so‘zlab berishdi. Iqtidorli o‘quvchilar orasidan, eng chiroylik rasim chizgan o‘quvchilar aniqlanib qiziqarli kitoblar taqdim etildi. O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va Turkiya Jandarmiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama do‘stona hamkorlikni rivojlantirish doirasida “Temurbeklar maktabi” da O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyining konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Konsertning boy dasturida ansambl va orkestr nomerlari yuqori professional saviyada ijro etildi. Turkiyalik delegatsiya a’zolari yosh musiqachilarni qizg‘in qo‘llab-quvvatladilar va olqishladilar. HMAL o'quvchilari va o'qituvchilari Spivakov orkestrining ajoyib kontsertiga tashrif buyurishdi, ko'p zavq va ijobiy his-tuyg'ularga ega bo'ldilar. Biz ushbu tadbirni tashkillashtirgani uchun O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va San'atni rivojlantirish jamg'armasiga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi Milliy gvardiya tassarrufidagi 58-sonli maktabda o‘tkazilgan “4 avlod uchrashuvi” tadbirida Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilari ishtirok etdi. 7 “A”-sinf o‘quvchilari ma`naviyat soatida milliy urf-odatlarimizga asoslangan teatrdan lavhalarni maroq bilan tomosha qilishmoqda. 5-sinf o‘quvchilari Toshkent shahridagi “G‘alaba” bog‘i va muzeyga tashrif buyurishdi. Sayohat bolalarda unutilmas taassurot qoldirdi. Chilonzor tumani hokimi tashabbusi bilan Chilonzor tumani Chilonzor ko‘chasida qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlanishi munosabati bilan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Modernizatsiya qilingan ko‘chaning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali ochilish marosimida Harbiy musiqa akademik litseyi orkestri faol ishtirok etdi. Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilari Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Toshkent shahri markazida Amir Temur davridagi O‘rta Osiyo tarixi va u asos solgan sulola vakillariga bag‘ishlangan muzeyga tashrif buyurishdi. Muzey Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat noyob ilmiy obʼyektlari roʻyxati”ga kiritilgan. Muzeyda buyuk Amir Temur saltanati va temuriylar sulolasi davriga oid 5 mingdan ortiq eksponatlar mavjud. Harbiy musiqa akademik litseyi 5-sinf o'quvchilari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʼzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurishdi. 20-oktyabrda O'zbekiston Milliy kutubxonasida "Qadring baland bo'lsin ona tilim" shiori ostida "O'zbek tilim faxrim, g'ururim" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Harbiy musiqa akademik litseyi o'qituvchilari va o'quvchilari faol ishtirok etishdi. Davlat tili kuni muborak boʻlsin! “Ona tili – millat ma’naviyatini yuksaltiruvchi buyuk kuchdir” – Abdulla Avloniy. Bugun Harbiy musiqa akademik litseyi majlislar zalida Davlat tili kuni munosabati bilan bayram "Ona tilim sarchashmangdan sarhush dilim" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Badiiy-adabiy kechada ona tili kafedrasi o‘qituvchilari va o'quvchilari faol ishtirok etdilar. “O‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha belgilab olgan vazifalarimizni izchil davom ettirishimiz lozim” - Shavkat Mirziyoyev Prezidentimiz 21- oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabriklarini barcha tarbiyachilarga o‘qib eshittirdi. Muhtaram vatandoshlar! Avvalo, Siz, azizlarni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va mo‘tabardir. Qadim turkiy tilimizni ilk bor ilmiy asosda tadqiq etgan buyuk alloma Mahmud Koshg‘ariyning: “Erdam boshi tildur”, ya’ni “Barcha ezguliklar tildan boshlanur”, degan so‘zlarida teran haqiqat mujassam. Darhaqiqat, odamzot qalbidagi jamiki olijanob fazilatlar ona tilining betakror mo‘jizasi, sehri va jozibasi bilan kamolga yetadi. Yurtboshimiz tabriklari tarbiyachilarga yetkazildi. 2. “Obodlik ko‘ngildan boshlanadi” Shiori ostida ekologik tarbiya, obodonlashtirish va tozalik ishlarini tizimli amalga oshirish. Ushbu masalalar bo’yicha MMIBDO‘ N. Xolbutayeva so’zga chiqib, tarbiyachilarga kuzgi mavsumda xazonlar ko‘p bo‘ladi,shuning uchun atrof-muhitni tozalik ishlariga kotta e`tibor qaratishlari lozim. 3.“Yosh targ‘ibotchilar” klub faoliyatini kuchaytirish.“Sardorlar yig‘ilishi”. Ushbu masalalar bo’yicha MMIBDO‘ N. Xolbutayeva so’zga chiqib,“Yosh targ‘ibotchilar” klub faoliyatini kuchaytirish.“Sardorlar yig‘ilishi” muntazam olib borish kerakligini ta`kidladi. Majlisda 16 ta sinfdan, 15 ta sardor majlisda ishtirok etdi.Majlisda barcha sinf sardorlari o‘zlariga shior tanlashdi, ushbu shiorga amal qilgan holda doimo sinfni vatanparvar, intizomli, odob-axloqli bo‘lishlariga undab, ish yuritish kerakligini ta`kidladi. 5 “A”-sinf- Axmadjonov Azizbek- “Yomon ishni qo‘yib yaxshi ishni odat qil”. 5 “B”-sinf- Komilberdiyev Nizomiddin-“Boshingga qilich kelsa ham rost gapir”. 5 “V”- sinf To‘laganov Sardor- “Axillikda gap ko‘p ”. 6 “A”-sinf Kuvanchbekov Amirxon- “Bir kishi hamma uchun hamma bir kishi uchun”. 6 “B”-sinf- Xusniddinov Firdavs-“Tarbiya biz uchun yo hayot,yo mamot”. 6-“V”-sinf - Ikromov Shag‘zod-“Odobni odobsizdan o‘rgan ”. 7 “A”-sinf- Temirov Kamol- “Birlik madaniyati” 7 “B”-sinf- Bashirov Abdulaziz- “Do‘stlar bilan olg‘a yur ”. 7 “V”- sinf –Abdullayev Elnur- “Sinf tartibi madaniyat boshlig‘i ”. 8 “A”-sinf- Zokirov Zoir- “Aql ila olamni obod qil”. 8 “B”- sinf- Rayimov laziz- “Kuchi zo‘r birni yiqitar, bilimi zo‘r mingni”. 8 “V”-sinf –-Erkinov Abdulloh- “Tarbiya bor joyda bilim bor.” 9 “A”-sinf- Shavkatov Elbek- “Kuch birlikda”. 9 “B”-sinf- Eshboyev Muhammad-“Kemaga tushganni joni bir”. Hamma sinf sardorlari o‘zlari tanlagan shiorlariga doimo, birinchi navbatda o‘zlari amal qilmog‘I zarur, bu shiorlarni o‘zlariga dasturi amal qilib olishlarini ta`kidlab o‘tdi. Sinf rahbari, tarbiyachilarga, to‘garak rahbari va sinf sardorlariga metodik yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash, mavzusida suhbat bo ‘lib o‘tdi. Agar tarbiyachi bolalarni sеvmasa, u bolalarning haqiqiy tarbiyachisi murabbiysi bo’la olmaydi. Bolalarni sеvib, ularni hurmat qilish yaxshi hislatlarni yuzaga kеltirishi mumkin. Agar sinf rahbari va tarbiyachi o’z o’quvchilariga nisbatan bеfarq, ayniqsa mеnsimasdan munosabatda bo’lsa, bunday o’qituvchini o’quvchilar hurmat qilmaydi va obro’si tushib boradi. Ayrim hollarda sinf rahbarlari va tarbiyachilar intizomsiz va qoloq o’quvchilar bilan gaplashganda loqayod va dahshatli bo’lib turish kеrak, dеb o’ylaydi. Tarbiya tajribasi shuni ko’rsatadiki, bunday o’quvchilarga vazmin muomala qilish, ularga nisbatan g’amho’r va mеhribonlik bilan munosabatda bo’lish ko’proq samara bеradi. O’quvchilarga nisbatan ishonch va hurmat bo’lmagan, pеdagogik odob buzilgan joyda ba'zi pеdagoglar bilan bolalar orasida ziddiyatlar sodir bo’ladi. Ilg’or sinf rahbari va tarbiyachi tajribasi shuni ko’rsatadiki, tarbiyachilar bolaga nisbatan ko’proq talabchan bo’lishi va uni mumkin qadar ko’proq sеvish kеrak dеgan qoidaga qattiq amal qilgan joyda tarbiya bеrish uchun eng yaxshi sharoit yuzaga kеladi. 27-oktabr-“Xalqaro kutubxonalar kuni”ga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazish. Ushbu masala bo’yicha MMIBDO‘ N. Xolbutayeva so’zga chiqib,litseyimiz kutubxonasi va undagi qiziqarli kitoblar bilan tanishtirdi. “Bilim” kutubxonasidan mehmonlar chqirilib, o‘quvchilar bilan maroqli suhbat o‘tkazildi. “Odam savdosi-davr muammosi” respublika ko‘rik-tanlovining litsey bosqichini tashkil etish.“Dunyoda odam savdosi. Muammolar va yechimlari”, mavzularida Suhbatni tajribali huquqshunos Dilshod Maxbubov olib bordi.2010-yilda Bosh Assambleya BMTning Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Global Harakatlar rejasini ma’qulladi, unda BMTning barcha tegishli organlariga odam savdosiga qarshi samarali kurashish va qurbonlarning inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarnimuvofiqlashtirishga qat’iy va shoshilinch murojaat yo‘llandi. bunday odam savdosi. 9-sinf o‘quvchilari bilan “Dunyoda odam savdosi. Muammolar va yechimlar”mavzusida suhbat o‘tkazildi. Davlat ramzlariga hurmat, qonunlarga itoatkorlik, yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, ayniqsa ta`lim tizimidagi islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyotlarning mazmun-mohiyatini singdirib borish. Ushbu masala bo’yicha MMIBDO‘ N. Xolbutayeva so’zga chiqib, Har qanday mustaqil davlatning belgilari jumlasiga uning timsoliy ramzlari ham kiradi. Ramzlar- shartli belgilar bo`lib, ular qadim zamonlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini ifodalagan. Ramzlar bevosita xalq, millat hayoti, an'analari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bog`liqdir. Davlat ramzlari – bu mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini o`zida mujassamlantiradi. Davlat ramzlarida xalqning azaliy orzusi, uning ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi. O`zbekiston Respublikasining bayrog`i, gerbi va madhiyasi. Har bir mustaqil davlat o`z bayrog`i, gerbi va madhiyasiga ega bo`ladi. Konstitutsiyamizning 5-moddasida davlatimiz bayrog`i, gerbi va madhiyasining huquqiy asoslari belgilab berilgan. Yo`lboshchimiz ta'kidlaganidek, “Davlatimiz ramzlari - bayroq, gerb va madhiya O`zbekiston xalqlarining shon sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi” va ular haqida maxsus qonunlar qabul qilingan.O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi qonun 1991-yil 18-noyabrda, Davlat gerbi to`g`risida qonun 1992-yil 2-iyulda, Davlat madhiyasi to`g`risidagi qonun 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddas bo`lib, ularni har qanday yo`l bilan taxqirlash qonun bilan javobgarlikka tortiladi.Davlat ramzlari xaqida gapirar ekanmiz, avvalo ularning mohiyati, nima uchun zarurligi va tarixiy kelib chiqishi haqida ham bilib olish kerak.Shundagina ularning davlat hayotida tutgan o`rni va ahamiyati tushunarli bo`ladi. MG HMALda sentabr oyida bo‘lib o‘tgan tadbirlar hisoboti. Joriy yilning 4-sentabr sanasi kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida 2023-2024- o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan birinchi qo‘ng‘iroq mа’naviy-ma’rifiy tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkillashtirildi. Tadbirda maxalliy hokimiyat vakillari, ota-onalar, navbahor maxallasi faollari hamda HMAL pedagogik jamoasi ishtirok etdilar. Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan ushbu tadbirda yangi o‘quv yiliga qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalari so‘zga chiqib, barcha akаdaemik litsey o‘quvchilarini yangi o‘quv yili boshlanganligi bilan tabriklab, ularga o‘qishlari davomi a’lo baholarga o‘qishlarini uchun samimiy tilaklar bildirdilar. Birinchi qo‘ng‘iroq tadbiri soat 8:45 da tugatilib, o‘quvchilar sinf rahbarlari hamrohligida birinchi soat “Mustaqillik darsi”ga tantanali ravishda kuzatildi. Yangi o‘quv yilida “Bilimlar kuni” tadbirini o‘tkazishga bag‘ishlangan tantanali “Saflanish”, “Mustaqillik darslari” hamda pedagog xodimlar uchun “Ma’naviyat soati” tashkil etildi. Tarbiyachilarga hafta kunlarini nomlanishi tartibi asosida ishlar tashkil etish kerakligi haqida tushuncha berdi. Dushanba kuni -“Iqtisodiy bilimlar kuni” Seshanba kuni -“Sport va sog‘lomlashtirish kuni” Chorshanba kuni- “Huquqiy savodxonlikni oshirish kuni” Payshanba kuni - “Ma’naviyat kuni” Juma kuni- “Ozodalik kuni” Shanba kuni- “Ota-onalar kuni” Barcha tarbiyachilar va o‘quvchilar ushbu hafta kunlariga to‘liq rioya etishini ta’minlashini, nazorat qilish vazifalari topshirildi. 05.09.2023y. Bugun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi 5-sinf o‘quvchilari 2-8-sentyabr kunlari “Muzeylar xaftaligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston tarix davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. O‘quvchilar tashrif chog‘ida muzeyning tarixi hamda u yerdagi mavjud O‘zbekistonning tarixiga oid memoriy yodgorliklar va ko‘rgazmalar bilan tashtirildi. HMAL tarix o‘qituvchisi D.Shukurova tomonidan o‘quvchilarga amaliy mashg‘ulot sifatida o‘tkazilgan bunday tashrifdan yangi o‘quv yiliga qabul qilingan o‘quvchilar katta taasurotlar bilan qaytishdi. Shuningdek, Milliy gvardiya markaziy devoni ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi katta ofitseri p/pk J.Kudyarov tomonidan akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchilari bilan saf ko‘rigi hamda o‘quv jarayonini tashkillashtirish bo‘yicha o‘rganish olib borildi. HMAL 1-bosqich o‘quvchilari uchun harbiy liboslar (forma) to‘liqligicha olib kelinib, kurs boshlig‘i mayor S.Jo‘rayev hamda HJTBDO‘ polkovnik D.Turg‘unovlar tomonidan o‘quvchilarga birma-bir o‘zlarining o‘lchamlariga mos holatda topshirildi. 06.09.2023y. Bugun belgilangan rejaga asosan HMALning 6-sinf o‘quvchilari sinfrahbarlari va tarbiyachilari bilan birgalikda -8-sentyabr kunlari “Muzeylar xaftaligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston tarix davlat muzeyiga tashrif buyurdilar. HJTBDO‘ polkovnik D.Turg‘unov hamda kurs boshlig‘i mayor S.Jo‘raуevlar akademik litsey 1-bosqich o‘quvchilari bilan saf mashg‘ulotlarini olib bordilar. Ularga safda yurish, murojaat qilish, holatlarda qanday tartib bo‘yicha harbiylarcha salomlashish va tantanali va’da berish marosimiga tayyorgarlik olib bordilar. 07.09.2023y. Bugun HMAL sinf rahbarlari hamda psixologlari tomonidan yangi o‘quv yilining 5-sinfiga qabul qilingan o‘quvchilar bilan psxologik suhbat tashkil etildi. Unda o‘quvchilarning moslashuvi va o‘quv jarayonlarini tashkil etish masalalari ilgari suruldi. Har bir o‘quvchi bilan alohida suhbat olib borilib, ularning bilim, ko‘nikmalari haqida suhbat jarayonida o‘rganildi. 5-sinfga o‘tish davri bilan bog‘liq bo‘lgan xavotirlanishlarni boshidan kechirayotgan o‘quvchilarni aniqlab, Filipsning “maktabdagi xavotirlanish testi”, Spilbergning “O‘z-o‘zini baholash shkalasi”, Teylorning “Xavotirlanish paydo bo‘lishining shaxsiy shkalasi” haqida psixologik mashg‘ulot jarayonlari olib borildi. Ushbu testlar o‘quvchilarning muassasadagi turli vaziyatlarda stress holatiga tushishini aniqlash imkonini beradi. 08.09.2023y. Rejaga asosan bugun HMALda “Ma’naviyat va ma’rifat” hamda “Tarbiyaviy soat darslari” kuni deb e’lon qilingan, shu bois har bir sinf rahbarlari va tarbiyachilar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 32 yil to‘lganligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” ezgu g‘oya asosida ma’naviyat va tarbiyaviy dars soatlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 11-sentyabr sanasida Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosarining ko‘rsatmasiga asosan HMAL orkestr jamoasi HJTBDO‘ polkovnik D.Turg‘unov hamda IFBDO‘ Q.Ismoilovlar O‘zbekiston davlat satira teatrida namoyish etilgan prim’erasida o‘zlarining musiqiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar. HMAL MMIBDO‘ B.Berdiуev tomonidan o‘quchilarning his-kechinmalarining individual xarakterini va sinflarning umumiy emotsional holatini o‘rganish maqsadida HMAL o‘quvchilari o‘rtasida “Litseydagi tuyg‘ularim” nomli metodikadan foydalangan holda psixologik suhbat va trening tashkil etildi. Ushbu metodika 5-sinf o‘quvchilarida ustunlik qilayotgan emotsional holatlarni aniqlash maqsadida qo‘llanildi. Bunda xotirjamlik, charchoqlik, zerikish, xursandchilik, o‘ziga ishonch, xavotirlik, o‘zidan qoniqmaslik, g‘azablanish, gumonsirash, xafa bo‘lish, qo‘rquv, xo‘rlanganlik xissi, kelajakdan xavotirlanish, minnatdorchilik, o‘quvchilarga nisbatan simpatiya, bu yerga kelishni xoxlash kabi tuyg‘ular haqida treninglar olib borildi. 12.09.2023 y. Bugun HMALda MIBDO‘ B.Berdiуev tomonidan sinf rahbarlari uslubiy birlashmasi faoliyatini tashkil etish, sinf rahbarlari faoliyatiga metodik va tashkiliy yordam berish to‘g‘risida darsdan keyingi pedagogik soatlarda amaliy yordam berildi. Maqsad Sinf rahbarlari faoliyatini yanada jonlantirish, ularni ma’naviy-axloviy tarbiya faoliyatiga yanada kengroq va faolroq jalb etish, o‘z navbatida ularga tegishli metodik yordamni tashkil etish holati taxlil qilinadi va takomillashtirish vazifalari belgilanadi. HMAL o‘quvchilaridan tashkil topgan “Iste’dodli yoshlar” ansambli o‘quvchilari darsdan keyingi to‘garak mashg‘ulotlarida yangi qo‘shiqlar ustida ishlash uchun to‘garak rahbari A.Berdiуev ustozlari bilan birgalikda mashg‘ulot olib borishni boshlashdi. HMAL 9-o‘quvchilari tarbiyachilari bilan birgalikda Jamoat xavfsizligi universitetiga borishdi. Tadbir nomi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy xizmatchilar va xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan “Tarix bilimdoni” tanlovining Milliy gvardiya bosqichi bo‘lib o‘tdi. 13.09.2023 y. Bugun Harbiy musiqa akademik litseyiga Turkiya jandarmeriyasi xalqaro harbiy vakili polkovnik M.Mustafo boshchiligida mehmonlar tashrif buyurishdi. Mehmonlarni HMAL direktor R.Nigmatov hamda o‘rinbosari kutib oldilar. HMAL konferensiya zalida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Iste’dodli yoshlar ansambli o‘quvchilari tomonidan mehmonlarga faollar zalida konsert dasturi xavola etildi. Konsert so‘ngida esdalik uchun suratlarga tushib M.Mustafa tomonidan o‘quvchilarga va o‘qituvchilarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi. HMAL psixologi A.Norbekov tomonidan 5-sinf o‘quvchilari bilan psixologik suhbat tashkil etildi. Suhbat jarayoni o‘quvchilarning yangi muassasaga kelib, o‘qish jarayonlari bilan tanishish, o‘rganish, akademik litseydagi sharoitlarga moslashuvlari haqida olib borildi. 14.09.2023 y. Bugun Chilonzor tumani 81-son ixtisoslashtirilgan maktabda “Yashil bayroq” loyihasi bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi. Ushbu tadbirga “Zamin” fondi direktori T.Aliуeva, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.Umarova hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oila a’zolari “Zamin” fondi asoschisi va raisi Z.Mirziyoуeva, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sh.Mirziyoуeva, Prezident yordamchisi S.Mirziyoуeva hamda Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik O.Umarovlar tashrif buyurdilar. Harbiy musiqa akademik litseyi orkestr jamoasi o‘zlarining musiqali chiqishlari bilan mazkur tadbirda ishtirok etdilar. 15.09.2023 y. Rejaga asosan HMALda o‘quv yili davomining har haftasining juma kunlarida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviu mavzularga oid “Jaxolatga qarshi ma’rifat” degan ezgu g‘oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik kabi oliyjanob maqsadlarga xizmat qilish mavzusidagi “Ma’rifat soatlari” har bir sinf rahbarlari va tarbiyachilar bilan birgalikda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 17.09.2023 y. Litsey yotoqчonasida qolgan o‘quvchilarning dam olish kunini maroqli va qiziqarli o‘tkazish maqsadida ular bilan sportning stol tennisi va quvnoqlar va zukkolar musobaqalari tashkillashtirilib o‘tkazildi. O‘tkazilgan quvnoqlar va zukkolar musobaqasida 3-o‘rinni 9 sinf o‘quvchilari, kapitan komanda o‘quvchi B. Zokirov; 2-o‘rinni 7 sinf o‘quvchilaoi, kapitan komanda B. Shavkatov; 1-o‘rinni 8 sinf o‘quvchilvri, kapitan Sh. Shaxobiddinovlar qo‘lga kiritdilar. Shuningdek, stol tenisi musobaqasida 3-o‘rinni 1 kurs o‘quvchisi A. Anvarjonov; 2-o‘rinni 2 kurs o‘quvchisi X. Musayev; 1-o‘rinni 8b-sinf o‘quvchisi J. Turoboqlar egalladilar. 18-sentyabr sanasida Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida turk estrada xonandalarining konsert dasturi bщlib o‘tdi. Mazkur tadbirga HMAL 8-sinf o‘quvchilari tashrif buyurdilar. Konsert dasturida Xorij estradasi hamda o‘zbek xonandalari ham chiqish qilishdi. Shuningdek, qo‘mondon o‘rinbosarining 2023.09.18dagi №2853-son ko‘rsatmasiga asosan HMAL “Iqtidorli yoshlar ansambli” Toshkent shahridagi Moviy gumbazlar sayilgohida ko‘ngilochar tadbir va konsert dasturida ishtirok etdilar. 19.09.2023y. Bugun rejaga asosan HMALning 5-sinf o‘quvchilari Mudofaa vazirligiga qarashli “G‘alaba bog‘iga” tashrif buyurdilar. O‘quvchilarga hamroxlik qilgan sinf rahbarlari, tarbiyachilar va yoshlar yetakchisi urush davridagi xotiralarni mujassam etgan ko‘rkam bog‘ning tarixi bilan o‘quvchilarni tanishtirdilar hamda u yerdagi mavjud muzeylarga sayohat qilishdi. 20.09.2023 y. Bugun HMAL MMIBD o‘rinbosari (psixolog) B.Berdiуev tomonidan 5-sinf o‘quvchilariga “Beshinchi sinf o‘quvchisi bo‘lish osonmi” mavzusidagi psixologik trening mashg‘uloti tashkil etildi. Maqsad: bolalarga bir-birlari bilan yaqinroq tanishish uchun imkoniyat yaratish, guruhiy hamjixatlikni shakllantirishga yordam berish, moslashish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni oldini olish choralarini ko‘rish, bolalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish va natijalardan ota-onalar yig‘ilishida foydalanishdan iboratdir. 21.09.2023 y. Bugun HMAL o‘quvchilari Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Eng yaxshi harbiy qo‘shiq ijrochisi” tanlovining Milliy gvardiya bosqichida tomoshabin sifatida ishtirok etdilar. Ko‘rik tanlovda HMAL MMIBDO‘ (psixolog) B.A.Berdуiev faxrli III- o‘rinni egallab III - darajali diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, HMAL direktori R.Nigmatov 1 va 2 bosqich o‘quvchilari bilan joriy yilning 30-sentyabr sanasiga rejalashtirilgan “Tantanali va’da berish” marosimiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida o‘quvchilar bilan suhbat olib bordi. Muassasa rahbari tomonidan kurs boshlig‘i mayor S.Jo‘raуevga ikki kun ichida tantanali kiyim bosh uchun belgilangan talablar asosida o‘quvchilarni kiyintirish, kimchiliklarni bartaraf etish vazifalari qo‘yildi. Milliy gvardiya ta’lim jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.A.Shuman tomonidan 20.09.2023 yil t/r: 1/1E-1557-son xatiga asosan HMAL orkestr jamoasining 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 28-29-sentyabr kunlari Xalqaro Forumlar saroyida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturida musiqali chiqishlari bilan ishtirok etishlari haqida tushuntirildi. 22.09.2023 y. Rejaga asosan HMAL 8-9-sinf o‘quvchilari bilan huquqbuzarlik, jinoyatchilik, tanglik vaziyatga tushgan yoshlarni aniqlash, o‘quvchilarning tarbiyalangan darajasini o‘rganish va so‘rovnomalar o‘tkazish, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish masalalari bo‘yicha psixologik trening mashg‘ulotlarini hamda MMIBD o‘rinbosari (psixolog) B.Berdiуev, O‘IBD o‘rinbosari S.Muratov, sinf rahbarlari va tarbiyachilar bilan birgalikda har bir sinflarda “Hadis ilmining sultoni Imom Ismoil Buxoriy hayoti va ijodi” yuzasidan tarbiyaviy-mafkuraviy ahamiyatga ega bo‘lgan mavzularga oid ma’rifat soatlari o‘tkazishi rejalashtirilgan. 25-sentyabr kuni HMALda HJTBDO‘ polkovnik D.Turg‘anov hamda kurs boshlig‘i mayor S.Jo‘raуevlar tomonidan o‘quvchilarning “tantanali va’ada berish” tadbiriga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu tadbir uchun 1-bosqich o‘quvchilarining ust kiyim boshlari, konsert-tadbir tantanali harbiy liboslari nizom talablarida belgilanganidek saf ko‘rik mashg‘ulotlari o‘rgatilmoqda. Shuningdek qo‘mondon o‘rinbosarining ko‘rsatmasiga asosan HMAL o‘quvchilari tantanali tadbirga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida jamoat xavfsizligi universitetiga soat 16:00 dan 18:00 ga qadar tayyorgarchilik ko‘rish uchun tashrif buyurmoqdalar. 26.09.2023y. Bugun HMALda psixolog A.Norbekov tomonidan “ 5-sinf o‘quvchisi bo‘lganingda hayotingda nimalar o‘zgardi ” mavzusida psixologik suhbatlar va treninglar olib bordi. Qizg‘in tarzda o‘tkazilgan suhbatda o‘quvchilari savollarga javob berishdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga psixolog tomonidan javoblar olishdi. 27.09.2023y. Bugun HMAL tarbiyachilari bilan litsey direktor R.Nigmatov, yuriskonsult D.Maxbubovlar Mehnat kodeksining yangi tahriri, mehnat-shartnomalarni nomuayyan muddatga uzaytirish masalalari hamda 1-oktyabr sanasi “Ustoz-murabbiylar kuni” ni muassasada o‘tkazilishi haqida yig‘ilish o‘tkazdilar. 28.09.2023y. Bugun HMAL HJTBD o‘rinbosari polkovnik D.Turg‘unov hamda psixolog A.Norbekovlar tomonidan tarbiyachilar bilan ta’lim sifatini oshirishda nimalarga e’tibor berish, o‘quvchilarni tartib-intizomini kuchaytirish hamda ishchi-xodimlarning ularga nisbatan muomila-madaniyati haqida anonim tarzida so‘rovnoma o‘tkazdilar. 29.09.2023y. Rejaga asosan HMAL orkestr va o‘qituvchilar jamoasi 1-oktyabr “Ustoz murabbiylar kuni” munosabati bilan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati madaniyat saroyida soat 16:00 da o‘tkaziladigan konsert dasturida 30 nafar ishtirokchilar va iqtidorli o‘quvchilarning musiqali chiqishlari rejalashtirilgan. MMIBD o‘rinbosari, psixolog B.Berdiуev, yoshlar yetakchisi J.Shomurodov zimmalariga ushbu tadbirga olib boradigan o‘quvchilar va o‘qituvchilarni ro‘yxat asosida ta’minlash vazifalari yuklatilgan. 02.10.2023y. HMALda dam olish kuni bo‘lganligi sababli, Yoshlar yetakchisi J.Shomurodov hamda jismoniy taribiya o‘qituvchisi S.Omonullaуevlar tomonidan yotoqxonada qolgan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida shaxmat-shashka to‘garagi, o‘quvchilarning miriqib dam olishlari uchun o‘zbek kinofilmlari hamda sport zalida voleyboll va basketboll o‘yinlari tashkil etildi. 03.10.2023y. Bugun hamkorlik uchun HMALga biriktirilgan Jamoat xavfsizligi univetsitetining umumiy psixologiya kafedrasidan mutaxasislar tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan oktyabr oyidan boshlab psixologik trening va suhbatlar, psixodiagnostik mashg‘ulotlar o‘tkazish maqsadida “Yosh psixolog” to‘garagi o‘z faoliyatini boshlaganligi haqida ma’lumot berildi. 04.10.2023y. Bugun HMALga Toshkent shahar harbiy prokurori polkovnik A.Boboуev tashrif buyurdi. Dastlab rasmiy mehmon 1-2-bosqich o‘quvchilari bilan faollar zalida suhbat olib bordi. Bo‘lib o‘tgan suhbatda akademik litsey faoliyati bilan yaqindan tanishib, yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish hamda barcha qiziqtirgan savollarga javob berdi. Shundan so‘ng, akademik litsey direktori R.Nigmatov mehmonlarga o‘quv binosini, sport zalida yaratilgan sharoitlarini, o‘quvchilarning yotoqxonasi, ovqatlanish oshxonasini, shuningdek, musiqa binolari bilan tanishtirdilar. Ularga Milliy gvardiya moddiy texnika-ta’minot bazasi boshlig‘i polkovnik A.Seytlipesov hamrohlik qildilar. 05.10.2023y. Bugun Milliy gvardiya ma’naviyat va ma’rifat markazida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda Harbiy musiqa akademik litseyining 1 va 2-bosqich o‘quvchilaridan tashkil topgan orkestr jamoasi o‘zlarining musiqiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, HMAL direktori huzurida akademik litseyda ikki xodim o‘rtasida o‘zaro ish yuzasidan kelishmovchilik sababli sodir etilgan holat yuzasidan jamoa yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Maskur yig‘ilishda barcha direktor o‘rinbosarlari, kasaba uyushmasi raisi hamda yuriskonsult ishtirok etdilar. Majlisda ko‘rilgan masalalar yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirildi. 06.10.2023 y. Rejaga asosan HMALda psixolog A.Norbekov tomonidan o‘quvchilarning ijtimoiy-psixologik va ijtimoiy-madaniy holati, individual qobiliyatlari, qiziqishlari va muammolarini o‘rganish, shu asosida ular to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasini yaratish ishlarini tashkil etish rejalashtirilgan. 09.10.2023 y. Bugun musiqa o‘qituvchilari bilan HMAL direktori R.Nigmatov o‘quv yilining samarali davom ettirish, yangi innavatsion g‘oyalar, o‘quvchilarning mutaxassislik fanlarini yanada chuqurroq o‘rgatish borasida izlanishlar, o‘z sohalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar qilish, malaka toifalarini yangilash, bilmi ko‘nikma malakalarini oshirish va Xalqaro va Respublika ilmiy-amaliy seminar-vebinarlarda ishtirok etish kabi masalalar yuzasidan suhbat olib bordi. Musiqa o‘qituvchilari orasida magistraturani tamomlab kelgan yosh pedagog-xodimlar o‘zlarining ilmiy ishlarini aynan mutaxassislik fanlaridan davom ettirishlari uchun kerakli sharoitlar yaratish haqida takliflar bilan chiqishdi. Istisno tariqasida ijod qilishlari va ilmiy ishlarni olib borishlari uchun yetarli sharoitlar yaratilganligini, kerak bo‘lsa har qanday sharoitda ham o‘quv jarayoniga xalaqit bermagan holda davom ettirishlar mumkinligini muassasa rahbari ta’kidlab o‘tdilar. Yaqin kunlar ichida musiqa nazariyasi hamda estrada bo‘limining yangi binosi o‘quv jarayoniga tayyorlanayotganligi va ushbu binoning ochilish marosimini tantanali tarzda o‘tkazish uchun musiqa o‘qituvchilariga zarur topshiriqlar berildi. 10.10.2023 y. Bugun HMAL direktori huzurida O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universitetining “Xizsmat faoliyatining tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan “Harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatiga adaptatsiya jarayonlari: muammo va yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish uchun psixolog A.Norbekov, MMIBDO‘ (psixolog) B.Berdiуev, O‘IBDO‘ S.Muratov, HJTBDO‘ polkovnik D.Turg‘unov, kurs boshlig‘i mayor S.Jo‘rauevlarga konferensiyada muxokama qilinadigan mavzu yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatma va takliflar berildi. Ishtirokchilarning yozgan maqolalari bo‘yicha 20-oktabr sanasiga qadar ko‘rsatilgan manzilga taqdim etishlari tushuntirildi. HMAL 2-bosqich o‘quvchisi Xo‘jamberdiуeva Lobar Xaydar qizi joriy yilning 25 sentyabr kunidan 9 oktabr kuniga qadar Toshkent shahrida joylashgan, Yunusobod “Tenis korti” majmuasida bo‘lib o‘tgan, sportning ITKF karate-do turi bo‘yicha “Jahon kubogi” uchun musobaqasida va seminar hamda o‘quv-yig‘ini mashg‘ulotlarida faol ishtirok etdi. Seminar va o‘quv yig‘ini mashg‘ulotlari yakunida o‘quvchi L.Хo‘jamberdiуevaga “Xalqaro referi” maqomi berildi. Shuningdek, o‘quvchi L.Хo‘jamberdiуeva 3–9 oktabr kunlari o‘tkazilgan murosasiz bellashuvlar yakunida, o‘z raqibini mag‘lub etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, oltin medal bilan taqdirlandi. 11.10.2023y. HMAL direktori R.Nigmatov va HJTBDO‘ polkovnik D.Turg‘unov boshchiligida muassasaning tarbiyachilar bilan akademik litseydagi ta’lim-tarbiya jarayonlari to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur majlisda aynan ta’lim sifatini yaxshilash, samardorligini oshirish, o‘quvchilar bilan xushmuomilalik, odob-axloq qoidalari, litsey ichki tartibiga barcha o‘quvchilarni bo‘y sunishlari masalalari to‘g‘risida yig‘ilishda ko‘rib chiqildi. 12.10.2023y. Bugun HMAL direktori huzurida Milliy gvardiya sanitariya epidemialogoya bo‘limi xodimlarining akademik litseyga tashriflari yuzasidan tekshiruv xulosasini ko‘rib chiqish, muhokama qilish, kerakli berilgan tavsiyalar ustida ishlarni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Majlisda muassasada faoliyat yuritayotgan autsorsing tashkiloti direktori F.Saydaliуev, tibbiyot felsheri N.Kulliуeva, XIBD o‘rinbosari B.Alimov, HJTBD o‘rinbosari polkovnik D.Turg‘unov, MMIBD o‘rinbosari B.Berdiуev, bosh hisobchi B.Gafurovlar ishtirok etdilar. Akademik litseyi direktori R.Nigmatov tomonidan belgilangan masalalar va o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha vazifalar taqsimlandi hamda 20-oktabr sanasiga qadar Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari nomiga dalolatnoma tuzilib axborot xati kiritilishi yig‘ilish qatnashchilari hukmiga havola qilindi. 13.10.2023y. Rejaga asosan HMALda “Yosh avlodni tarbiyalash, ularga milliy an’analarimiz, qadriyatlarimiz ruhini singdirish” mavzusi yuzasidan ma’anaviyat soatlari sinf rahbarlari hamda tarbiyachilar, litsey yoshlar yetakchisi, psixologlar, MMIBD o‘rinbosari tomonidan o‘quv yili davomida har haftaning juma kunilariga mo‘ljallangan ma’naviyat-ma’rifat soatlari rejasiga muvofiq tashkillashtirish ko‘zda tutilgan. 16-oktyabr kuni HMALga Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qarashli 39-sonli tarix faniga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari tashrif buyurdilar. O‘quvchilarning akademik litseyga tashriflari musiqa binosidan boshlandi hamda litsey tarixi, bu yerdagi o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida akademik litsey direktorining harbiy va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik D.Turg‘unov batafsil tushuntirish ishlarini olib bordi. Tashrif buyurgan o‘quvchilarga muassasaning 6 sinf o‘quvchilari darsdan keyingi mashg‘ulotlaridan unumli foydalangan holda orkestr jamoasi kuylaridan ijro etib, kelgan mehmon o‘quvchilarni baxramand qildilar. 17.10.2023 y. Bugun HMAL direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, psixolog B.Berdiуev muassasada faoliyat olib borayotgan tarbiyachilar bilan shaxsiy ish yuritish xujjatlari, o‘quvchilarning davomati, vasiyligi mavjud o‘quvchilarning xat-xujjatlarini to‘liq holda qonuniylashtirish, ota-onalar bilan har doim suhbatda va aloqada bo‘lish, dasrdan keyingi mashg‘ulotlarga yangicha innavatsion g‘oyalar bilan yondashish va o‘quvchilarni ta’lim olishlari uchun motivatsiya berish yo‘llarini o‘rganishlari haqida psixologik suhbat va trening mashg‘uloti o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Shuningdek, yig‘ilish qatnashchilariga Milliy gvardiya Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasining 16.10.2023 yil 3203-son shoshilinchnomasi “21-oktyabr O‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun” bayrami munosabati bilan “Til-millat g‘ururi, Til-millat va ma’naviyat ko‘zgusi, Ona tili-millat g‘ururi, Ona tilim-o‘zing buyuksan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkillashtirish rejalashtirilganligi yuzasidan ko‘rsatmalar berib, birgalikda tashkil etish, tadbirni ko‘rgazmali bo‘lishini muhokama qilib, taklif mulohazalar berildi. 18.10.2023 y. Bugun HMAL axborot resurs markazida (kutubxona) 8-B sinf o‘quvchilari hamda sinf rahbari Sh.Tojiboуeva bilan birgalikda “21-oktyabr Til-bayrami kuni”ga bag‘ishlangan “Ona tilim – millat g‘ururi” mavzusida ochiq dars o‘tkazdilar. Tadbirga axborot resursi markazi xodimlari, o‘qituvchilar, tarbiyachilar taklif etildi. O‘quvchilar tomonidan she’r, g‘azallar, musiqali chiqishlar hamda orkestr jamoasi bo‘lib asarlarni ijro etganliklari taqsinga loyiq. Shuningdek, HMAL direktori R.Nigmatov 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida va ta’lim sifatini qay darajada berilayotganligi, o‘quvchilarning muassasaga bo‘lgan qiziqishlari hamda o‘qituvchilarning qobiliyat darajalarini aniqlash maqsadida suhbat o‘tkazdi.O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga direktor tomonidan aniq va ravshan qilib javob oldilar. Harbiy musiqa akademik litseyi bilan Jamoat xavfsizligi univertsiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasining belgilangan bandlarini ijrosini ta’minlash maqsadida bugun muassasaga polkovnik Q.Azizov boshchiligida Jamoat xavfsizligi univertsitetining mutaxassis o‘qituvchilar tashrif buyurib, 9-sinf o‘quvchilari bilan faollar zalida davra suhbatlari olib bordilar. Maqsad: dunyoda sodir bo‘layotgan favqulotda holatlar yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borib, o‘quvchilarga bunday holatlarda qanday xarakat qilish kerak ekanligi haqida videorolik orqali namoyish etib berdilar. O‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob oldilar. 19.10.2023 y. Bugun akademik litseyda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 03-oktyabrdagi “Respublikada gripp va o‘tkir respirator infeksiyalar bo‘yicha 2023-2024 yillar mavsumi davomida aholi o‘rtasida epidemik barqarorlikni ta’minlash borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida ”gi 159-sonli buyrug‘i ijrosini hamda ShSSBBning 2023-yil 03-oktyabrdagi « Gripp va o‘tkir respirator infeksiyalari bo‘yicha epidemik barqarorlikni ta’minlash, ushbu kasallklar bo‘yicha 2023-2024 yillar mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va mavsum davomida profilaktik hamda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni samarali o‘tkazilishini tashkil etish to‘g‘risida »gi 1572-14-204-TB/2023-sonli buyrug‘i va Chilonzor tuman tibbiyot birlashmasining 2023-yil 3-oktabrdagi 159-sonli buyrug‘lari ijrosini ta’minlash maqsadida akademik litsey tibbiyot xodimlari tomonidan 5-9-sinflar, 1-2-bosqich o‘quvchilariga tushuntirish ishlari olib borildi. 20.10.2023 y. Rejaga asosan HMALda “21-oktyabr O‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun” munosabati bilan “Til-millat g‘ururi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkalishi, shuningdek, Milliy gvardiya ma’naviyat markazida bo‘lib o‘tadigan “Til bayramiga” bag‘ishlangan tadbirda akademik litseyning iqtidorli o‘quvchilari o‘zlarining musiqiy chiqishlari bilan ishtirok etishlari rejalashtirilgan. Сентябрь ва Октябрь
Перепечатка, а равно использование материалов с данного сайта, разрешена только по согласию с владельцем.
Bizga murojat
Контакты
Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi