Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi
Телефон:

“Rus tili kuni”da o‘tkazilgan tadbirlar

« Назад

“Rus tili kuni”da o‘tkazilgan tadbirlar 01.05.2019 04:52

   O‘quvchilar nutqini rus tilida o‘stirish maqsadida “Ko‘rib, o‘qib o‘rgan” mavzusida rangli ko‘rgazmali rasmlar muassasaning o‘quvchilar o‘qib o‘rganishi uchun  qulay, ko‘rinib turadigan barcha joylariga joylashtirildi. Ular: tana a’zolari, kasblar, sabzavotlar, mevalar, qushlar, yo‘l harakati qoidalari, fasllar, ranglar, kelishiklar, sonlar, rebuslar, krassvordlar va shunga o‘xshash rasmlardan tashkil topgan.

2

   Har seshanba kunlari to‘liq rus tilida muloqot qilshga harakat qilindi va o‘quvchilar oshxona, tibbiyot bo‘limi, litsey hovlisiga olib borilib ruscha muloqot o‘tkazildi. 2019-yil 30-aprel kuni 7-“A” va 7-“B” sinf o‘quvchilari bilan 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan shu kunga bag‘ishlangan adabiy kecha o‘tkazildi. O‘qituvchi D.Mustafoyeva ushbu kunning ahamiyati haqida gapirib, slayd va videoroliklar namoyish etdi. O‘quvchilar rus tilida she’rlar aytishdi, mashhur “Katyusha” qo‘shig‘ini ham ijro etishdi. Tadbirga ko‘proq o‘zlashtirishi past o‘quvchilar jalb etildi.

   2019-yil 9-aprel kuni 5-“A” va 5-“V” sinf o‘quvchilari bilan “Mоя любимая сказка” mavzusida kichik tadbir o‘tkazildi. Tadbirdan maqsad past o‘zlashtiruvchi, rus tilida so‘zlashishga qiynaladigan o‘quvchilar nutqini o‘stirish va rivojlantirish edi. O‘quvchilarga “Дюмовочка” ertagi namoyish qilib berildi. Multfilmdan so‘ng, o‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkazildi. Yaxshi va yomon qahramonlar kimligi, ertak nima haqida ekanligi, qatnashgan qahramonlar nomlari so‘raldi. So‘ngra o‘quvchilar o‘zlari o‘qigan ertak qahramonlari haqida so‘zlab berdilar. Bu tadbir o‘quvchilarni ko‘proq kitob o‘qishga, rus tilida so‘zlashishga undaydi.

1

   2019-yil 23-aprel kuni 6-“A” va 6-“B” sinf o‘quvchilari ishtirokida bo‘sh o‘zlashtiruvchi va nutqi past o‘quvchilar ishtirokida “Мы говорим по русски” mavzusida kichik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilar tinish belgilarining ahamiyati to‘g‘risida she’rlar, hamma biladigan mashhur bolalar qo‘shiqlarini mahorat bilan ijro etishdi. Maktab, ta’lim, kitob haqida ajoyib to‘rtliklar “частушки”larni qiziqib ijro etishdi. Tadbirda Sh.Asqarov boshchiligida ko‘pgina o‘qituvchilar qatnashdilar. Tadbirdan maqsad o‘quvchilarni til o‘rganishga qiziqtirish hamda nutqini o‘stirish edi.


Перепечатка, а равно использование материалов с данного сайта, разрешена только по согласию с владельцем.
Bizga murojat
Контакты
Телефон:
Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi