Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi pedagog xodimlar bilan Zarkent ota ziyoratgohiga tashrif buyurdik, Zarkent ota ziyoratgohi imomi tamonidan ko‘plab rivoyatlatlar, hadislar haqida ma’lumotlatlar berilib o‘tildi. Parkent tumanidagi Zarkent qishlog'ining yuqorisida – Chotqol tog' yon bag'rida joylashgan «Zarkent bobo», «Qush qo'nmas avliyo» nomlari bilan mashhur bo'lgan ziyoratgohga bu erdagi tabiiy buloq Zarkent qishlog'ini ichimlik suvi bilan ta'minlaydi. Mahalliy aholining ta'kidlashicha, ushbu ziyoratgohning o'ziga xos noyob xislati mavjud bo’lib bu joydagi daraxt va butalarga bulbuldan boshqa qush qo'nmaydi. Rivoyat qilinishicha, asli Shomda tug'ilgan va zamonasining ilmli kishisi bo'lgan Sayid Ja'far G'oziy Zarkentga keladi. Bu erda u kishiga Hizr alayhissalom uchraydi. Sayid Ja'far G'oziyning tashnaligini qondirish uchun hassasini toshga uradi va buloq paydo bo'ladi. G'oziy dushmanlar ta'qibidan xalos bo'la olmagach, ushbu buloq atrofidagi butazorga kirib ketgan va qaytib chiqmagan. Mahalliy aholining ta'kidlashicha, bu buloq suvidan ichgan odamlar bo'qoq kasali bilan deyarli og'rimas ekan.