Joriy yilning 02-aprel kuni muassasamizning 150 nafar o‘quvchilari “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga hamda diqqatga sazovor joylarga sayohat qilishdi.U yerda o‘quvchilar zargarlik buyumlari, qurol-aslahalar, buyuk sarkardalar va oddiy askarlar kiyimlari, qadimiy musiqa cholg‘ulari, astronomik asbob-uskunalari va ko‘plab Temuriylar davriga oid madaniy boyliklar, shuningdek, Amir Temur saltanatiga Buyuk Ipak Yo‘li orqali kirib kelgan buyumlar, arxeologik, etnografik materiallar bilan yaqindan tanishdilar.