Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa litseyi oʻquvchilari va Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi “Faol kitobxon” klubi doirasida Alisher Navoiy ijodiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Dastlab, litsey maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari A.Abdullayev oʻzbek adabiyotining asoschisi ulugʻ bobokalonimizning ijodi toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bayon etib, tadbirni ochib berdi. Soʻngra litsey oʻquvchilari tomonidan badiiy chikishlar namoyish etilib, shoir gʻazallari asosida bastalangan kuy va qoʻshiqlar armugʻon etildi. Tadbirga Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzosi shoir, tarjimon Davron Rajab tashrif buyurib, Navoiy ijodiga oʻz qarashlarini bayon etar ekan, oʻzining sheʼrlari bilan davradagilarni bahramand etdi. Kecha nihoyasida axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Sh.Atadjanova Alisher Navoiy ijodiga oid viktorina savol-javoblar oʻtkazib, gʻoliblarga kitoblar bilan birga AKM bukletlarini taqdim etdi. Tadbir ishtirokchilarda boy taasurotlar qoldirish bilan birga “Faol kitobxon” klubiga aʼzo boʻlish istagini bildirishdi.