O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida 2021-yilning noyabr-dekabr oylarida tashkil etiladigan keng ko‘lamli loyiha va chora-tadbirlar rejasi asosida “Yangi O‘zbekiston – 2021” forumining Yoshlar dasturi doirasida “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmaning voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limi, Navbaxor MFY xuquq-tartibot maskani profilaktikasi inspektori M.Ravshanov, Milliy gvardiyaning 81140-son xarbiy qism xodimi I.Isomutdinov, RIMAL rahbariyati, yoshlar ittifoqi yetakchisi, psixologlar,o‘qituvchilar, tarbiyachilar, shuningdek litsey o‘quvchilari qatnashdilar. Bolalarga buzg‘unchi g‘oyalar, terrorizm, qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda tashkil etilgan xavfli guruhlarning salbiy ta’siri va oqibatlari haqida hayotiy misollar orqali tushuntirildi. Tadbirda keyingi yillarda yetarlicha nazorat va qarovsizlik natijasida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan turli jinoyatlar, ularning ushbu jinoyatlarni sodir etish sabablari va jazolari, ota-onalariga nisbatan ko‘rilayotgan choralar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, inson ongi va sog‘lig‘iga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan psixotrop vositalar hamda pirotexnika vositalarining miqdori bo‘yicha statistik ma’lumotlar berildi. Qiziqali va sermaxsul o‘tkazilgan tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli mutaxasislardan javoblar oldilar.