Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 20 noyabr kungi PQ-2435-sonli “bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016-2020 yillarda mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida’’gi hamda 2017 yil 31 maydagi PQ-3021-son “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son “O‘ zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida ”gi qarorlari taminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gavardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun ” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining qo‘shma qaroriga asosan o‘tkazilmoqda. Mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan yosh ijrochilarni har tomonlama qo‘lab-quvatlash va musiqa san’atini targ‘ib qilish bo‘lib, mamlakatimizdagi yosh ijrochilar uchun eng nufuzli tanlovlardan biri hisoblanadi va yildan-yilga doimiy ravishda san’at va madaniyat ixlosmadlarida kata qiziqish uyg‘otib, bu yonalishda yosh iste’dodlarga nafaqat o‘z mahoratlarini namoyish etish, balki professional tajriba almashish, taniqli ustozlardan maslaxat va o‘rnak olish uchun keng imkoniyatlar mambayi bo‘lib kelmoqda.