Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi
Телефон:

INGLIZ TILI BO‘YICHA VIKTORINANING G‘OLIBLARI ANIQLANDI

« Назад

INGLIZ TILI BO‘YICHA VIKTORINANING G‘OLIBLARI ANIQLANDI 15.01.2020 00:00

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududiy boshqarmalari, harbiy qismlari va ta’lim muassalarida harbiy xizmatchi va xodimlarning chet tillarini, xususan Harbiy texnik institutida kursantlarining 5ta xorijiy til – rus, ingliz, nemis, xitoy va arab tillarini o‘rganishlari borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

@milliygvardiyauz_official

O‘rganilayotgan til ko‘nikmalarini muntazam ravishda rivojlantirish va ularning samarasini namoyon etish maqsadida Milliy gvardiya tarkibiy va hududiy bo‘linmalari o‘rtasida bilimlar bellashuvi – Viktorina o‘tkazilib kelinmoqda.

@milliygvardiyauz_official

Milliy gvardiya tizimida har yili o‘tkazilishi an’anaga aylangan bu kabi viktorinalarning ingliz tili yo‘nalishining respublika bosqichi kuni kecha, yurtimizda keng nishonlanayotgan bayram 14 yanvar ‒ O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida o‘tkazildi.

@milliygvardiyauz_official

Mazkur bellashuv yurtimiz bo‘ylab qizg‘in davom etayotgan  vatanparvarlik oyligida “Vatan himoyasi ‒ muqaddas burch” shiori ostida tashkil etildi.

@milliygvardiyauz_official

Bellashuvda 6 nafar ishtirokchidan iborat bo‘lgan 10 ta jamoa o‘z kuchi va bilimini 3ta shart bo‘yicha sinovdan o‘tkazdi. Barcha shartlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, O‘zR QK Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik markazining kafedra mudiri hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik institutidan tashrif buyurgan o‘qituvchilardan tashkil topgan Hakamlar hay’ati tomonidan adolatli baholab borildi.

@milliygvardiyauz_official

“Tanishtiruv”, “Savol-javob”, “Sardorlar bahsi” shartlarida jamoalar egallagan til ko‘nikmalarini o‘z fikrlarini ingliz tilida erkin va ravon ifoda etishlari orqali namoyon etdilar. Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti kursantlari, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi va Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylarida tahsil olayotgan o‘quvchilar yosh bo‘lishiga qaramay o‘z iste’dodlarini ko‘rsata oldilar.

@milliygvardiyauz_official

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni Milliy gvardiya Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining “PERFECT GENERATION” jamoasi va 2-o‘rinni Toshkent viloyatida joylashgan Milliy gvardiya bo‘linmasining “LIONS” jamoasi egalladi. Faxrli 1-o‘rinni esa Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutining “BLACK EAGLES” jamoasi qo‘lga kiritdi.

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

Shuningdek, “GUARDIAN LIONS” jamoasi ishtirokchisi oddiy askar Abdujalilov F. “Eng yaxshi ishtirokchi” nominatsiyasiga ega bo‘ldi. Munosib ishtirok etgan barcha g‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

“Ingliz tili bo‘yicha Viktorinaga ustozlarimiz yordamida jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan edik. Harbiy-texnik institutida olayotgan bilimlarimiz bundan keyin ham bugungidek g‘oliblikka erishishimizda xizmat qilishiga ishonamiz”, ‒ deydi g‘olib jamoa sardori kursant Nurislom Maxmudov.

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

website: www.milliygvardiya.uz
channel: @milliygvardiyauz_official
https://telegram.me/joinchat/AAAAAE7wenBERsQn4gH5Iw
Перепечатка, а равно использование материалов с данного сайта, разрешена только по согласию с владельцем.
Bizga murojat
Контакты
Телефон:
Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi