Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi
Телефон:

Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati

« Назад

Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati 27.01.2020 00:00

Buyuk sarkarda, alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini, harbiy san’atini, madaniyati, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissalarini o‘rganish hamda ularning noyob asarlarini kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama targ‘ib etish, harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirishga so‘ngi yillarda alohida e’tibor qaratilmoqda.

@milliygvardiyauz_official

Ushbu yo‘nalishda Milliy gvardiya tizimida olib borilayotgan bir qator chora-tadbirlar qatori Abdulla Qodiriy muzeyi va Turon axborot kutubxona markazida o‘tkazilgan “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi buning yaqqol misolidir.

@milliygvardiyauz_official

Mazkur tadbirda Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, hududiy boshqarmalar, Harbiy texnik instituti, harbiy qismlar hamda Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi, Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylaridan 1 nafar nomzodlar ishtirok etishdi.

@milliygvardiyauz_official

@milliygvardiyauz_official

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muxim tashabbuslari doirasida harbiy xizmatchi va xodimlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan mazkur tanlovda harbiy xizmatchi va xodimlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, vatanimiz tarixi, milliy adabiyotimizning durdona asarlari, adiblarimiz ijodini keng targ‘ib etish kabilar ko‘zda tutildi. Tanlovda “Biz buyuk sarkardalar avlodimiz”, “Jahon tamadduni va o‘zbek xalqi madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarimiz” va “Mustaqil vazifa” kabi shartlarda ishtirokchilar kitobxonlik ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishdi. Hakamlar hay’ati tomonidan har bir savolga berilgan javob sinchikovlik bilan kuzatib borildi.

@milliygvardiyauz_official

Hakamlar hay’ati ishtirokchilarni baholashda ularning shartlar bo‘yicha belgilangan kitoblarni o‘qiganligini tekshirdi hamda asarlarning mohiyatini to‘g‘ri tushungani va o‘z tushunchasini ifoda etib bera olish qobiliyatiga qarab baholab g‘oliblarni aniqladi. Eng yaxshi kitobxonlar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligining I, II va III darajali diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

@milliygvardiyauz_official

Shuningdek, “Eng yosh ishtirokchi”, “Eng faol ishtirokchi”, “Eng iqtidorli ishtirokchi” nominatsiyalarida ham g‘oliblar aniqlanib tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi. Bu kabi tanlovlar kelgusida Milliy gvardiya tizimida muntazam ravishda o‘tkazilib borilishi tanlov yakunida aytib o‘tildi.

website: www.milliygvardiya.uz
channel: @milliygvardiyauz_official
https://telegram.me/joinchat/AAAAAE7wenBERsQn4gH5Iw


Перепечатка, а равно использование материалов с данного сайта, разрешена только по согласию с владельцем.
Bizga murojat
Контакты
Телефон:
Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi