2021 yil 21 oktyabrda o'zbek tiliga rasmiy maqom berilganining 32 yilligi munosabati bilan "Ona tili - millat ko'zgusi" badiiy -musiqiy tadbiri o'tkazildi. Litsey direktori R. M. Nigmatov tadbirni tantanali ravishda ochib, davlat tilining ahamiyatini ta'kidladi. Yangi repertuardagi asarlarni ijro etgan orkestr sadolari ostida Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo'yish marosimi bo'lib o'tdi.
Bundan keyin, majlislar zalida tomoshabinlarga bayram dasturi taqdim etildi: o'quvchilar ona tilini madh etuvchi she'rlar o'qishdi, musiqiy asarlar va raqsona nomerlar namoyish etishdi.