Joriy yilning 28.02.2021 sanasida litseyimizning 6 sinf o'quvchilari ingliz tilidan olgan bilimlarini sinash maqsadida 9 chi Halqaro "HIPPO 2021" olimpiadasining saralash boshqichida ishtirok etishdi. Olimpiadaning saralash bosqichi ingliz tilining 3 ta yo'nalishi bo'yicha bo'ldi, ya'ni Reading, Listening hamda Gramatika. O'quvchilarimiz Halqaro olimpiadada faol qatnashib sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Kelgusi boshqichlarda ham ularga omad tilab qolamiz.
