Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi
Телефон:

RIMAL kompozitor Аlisher Rasulov bilan ijodiy uchrashuv

      O'zbekiston Bastakorlari uyushmasi azosi, kompozitor Аlisher Tursunboevich Rasulov O'zbekiston mustaqilligi davrining oʼzbek milliy estrada musiqasining asoschilaridan biridir. Uning qalamiga mansub jozibali qo'shiqlari taniqli xonandalar: G.Ekubov, N. Аbdullaeva, Yu. Usmonova, Yu. Аbdullaeva, K.Razzokova, K. Qayumov, O.Nazarbekov , G. Mamazoitovalar repertuarlari orqali xalqimizning sevimli qo'shiqlariga aylanib ulgirgan. А. T. Rasulov 1960yil 8-iyulda Toshkent shahrining Taxtapul mavzesida ziyoli oilasida tavallud topgan.Oilada musiqani sevish muxiti sababli yosh Аlisherni 1972yili 4-musiqa maktabining qashqar rubobi ustozi Rixsimboev Qobil akaga o'qishga berishdi. 1975-yilda Xamza nomidagi musiqa bilim yurtiga qashqar rubobi buyicha oʼqishga kirib,1976-yildan shu bilim yurtining musiqa nazariyasi boʼlimida oʼqishni davom ettirdi. Kompozitorlikdan taniqli ustoz konservatoriya professori, kompozitor Mirxalil Maxmudovdan taxsil oldi. 1980- 1985-yillar davomida Toshkent Davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetida professor Toʼlkin Umarovich Qurbonovda kompozitorlik va cholg'ulashtirishdan bilimlar olgan. Kompozitor А. Rasulov pedagogik faoliyatini 1986-yili Bekobod tumanidagi musiqa bilim yurtida simfonik orkestr dirijori sifatida boshlagan.2016-yilgacha Respublika estrada-sirk kollejida cholg'ulashtirish fanidan darslar berib, xozirgi kunda Milliy gvardiya koshidagi musikaga ixtisoslashtirilgan akademik litseyimizda damli va zarbli cholgular orkestriga, oʼzbek kardosh xalqlar va Yevropa kompozitorlari asarlari bilan birga oʼzining ijodiy asarlaridan cholgʼulashtirish fanidan talabalarga bilimlar berayapti. А. Rasulovga 2000-yili O'zbekiston milliy teleradio kompaniyasi tomonidan sermaxsul ijodlari uchun O'zbekistonda xizmat koʼrsatgan artist, 2010-yili esa O'zbekistonda xizmat koʼrsatgan sanat arbobi unvonlari berilgan. Litseyimiz kontsert xayotida kompozitorning faol ishtiroki boʼlib, gvardiyamiz madxiyasi, damli cholg'ular fanfarasi, oʼzbek milliy xalq oxanglari asosida musikalar yozib orkestorimiz repertuarini kengaytirmokda. Litseyimiz jamoasi va barcha shogirdlari nomidan kompozitor Аlisher Rasulovga doimiy sogʼliq,uzoq va mazmunli umr xamda yuksak ijodiy parvozlar tilayman. Musiqa adabiyoti kafedrasi oʼqituvchisi, kompozitor Ulugbek Djalalov.

Перепечатка, а равно использование материалов с данного сайта, разрешена только по согласию с владельцем.
Bizga murojat
Контакты
Телефон:
Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi