
2017 yildan buyon Milliy gvardiya qo'mondonining birinchi o'rinbosari sifatida ishlagan general-mayor Botir Rajabovich Tursunov O'zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXB) raisining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi.
Botir Tursunov (1946 yilda tug'ilgan) Toshkent davlat universitetini tamomlagan, 1971-1980 yillarda Davlat xavfsizlik qo'mitasida, 1980 yildan 2006 yilgacha esa Ichki ishlar vazirligi tarkibida turli lavozimlarda ishlagan.
2006-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi “Interpol” Milliy markaziy byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimida;
2008-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Kengashi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
U II-darajali “Shon-sharaf” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.