Bo‘limlarning hisobot konsertlari ko‘p yillardan buyon an’anaviy bo‘lib kelmoqda. Binobarin, o‘quvchilar yuqori sifatli ijroga o‘rganib, kelajakda professional sozanda va san’atkor bo‘lib yetishishlariga zamin yaratadi. Bugungi konsert dasturida ham yakkaxon, ham ansambl chiqishlari bilan boy edi. Ta’kidlash joizki, konsertda litsey faxriylari, yosh iste’dod sohiblarini tayyorlash mahoratini yuksak baholagan buyuk ustoz-ijrochilar ishtirok etishdi. Litseyning professional o'qituvchilari va jo'rnavozlariga ofarin!