Shu munosabat bilan RIMALda “Kutubxona boyligimiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. “Kutubxona boyligimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi
Xalqaro kutubxonachilar kuni Yunesko tashabbusi bilan 1999 yildan buyon o‘tkazilib kelinadi. Ilk marta bu tadbir xalqaro kutubxonachilari assotsiatsiyasining raisi Blansh Vullz tomonidan tantanali ravishda e’lon qilindi. 2005 yilda tadbirni bayram tarzida rasmiy ravishda nishonlashni mazkur tashkilotning yangi prezidenti Piter Djenko tasdiqladi. 2008 yilda bu voqea birinchi darajaga ko‘tarildi. Ya’ni yanvar oyida mazkur loyihaning ish yurituvchisi Rik Malxollanning e’lon qilishicha, Xalqaro kutubxonachilari kuni oyligi ham xalqaro tarzda o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Shunday qilib joriy yilning oktabr oyida yurtimiz bo‘ylab ilk marta kutubxonachilarining “Kutubxonada savodxonlikni rivojlantirish” shiori ostida tadbirlar oyligi o‘tkazilmoqda. Tadbir qatnashchilariga bir oy ichida xohlagan bir kunni kutubxonalarga bag‘ishlangan tadbirni o‘tkazish uchun tanlab olishlari mumkinligi belgilandi. Ba’zi bir tashkilotchilar bir kun bilan chegaralanib qolmasdan uzoq vaqtga mo‘ljallangan tadbir kunlarini e’lon qilishdi. Masalan, oylik tadbirlar o‘tkazilgan kunlarda kitobxonlarni qiziqtirish va ularning sonini aniqlash. Shunday qilib har yili oktabr oyining oxirgi haftasida “Kutubxonachilar kuni xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan bo‘ldi. Kutubxonachilar kunini o‘tkazishdan asosiy maqsad bolalar kitobxonligiga jamoatchilik e’tiborini qaratish va joylarda kitob fondini rivojlantirib borish hisoblanadi, chunki kitob – millatning madaniy va manaviy merosi. Kitob – insonning bilim manbai. Zero bugun bilimli yoshlar bilangina kelajakka yetuk shaxs sifatida qola oladigan jadal rivojlanish asridamiz, Biz sizlar bilan kitob o‘qib, buyuk cho‘qqilarni zabt etamiz azizlar!
Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi kutubxonasida 27 oktabr “Xalqaro kutubxonachilar kuni”ga bag‘ishlangan "Kutubxona boyligimiz” davra suhbati o‘tkazildi. Unda litsey raxbariyati, kutubxonachilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, sinf raxbarlari, o‘qituvchilar, tarbiyachilar va litsey o‘quvchilari qatnashdilar.
Tadbir ishtirokchilariga litsey kutubxonasi faoliyati, unda saqlanayotgan kitoblar fondi, oxirgi 3 oy davomida kutubxonani boyitish uchun xarid qilingan milliy va xorijiy adabiyotlar haqida ma’lumotlar berildi.
So‘zga chiqqanlar kitob inson ma’naviy olamini boyitib boruvchi beqiyos boylik ekanligi haqida tushuntirishlar berdilar.
Tadbir davomida o‘quvchilar bilan bolalarning sevimli yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning "Sariq devni minib" va G‘afur G‘ulomning "Shum bola" asarlari taxlili olib borildi, unda o‘quvchilar ushbu asarlarni sevib o‘qiganliklari va ularda mujassam bo‘lgan tarbiyaviy jihatlar haqida so‘zlab berdilar.
Juda xam qiziqarli va sermazmun o‘tgan tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxasislardan javoblar oldilar.
Xalqaro kutubxonachilar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir yakunida faol qatnashgan o‘quvchilar “Faxriy yorliq” va badiiy asarlar bilan taqdirlandilar.