Xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hamda “Oʻzbekiston — Latviya” hamda “Oʻzbekiston — Litva” doʻstlik jamiyatlari tomonidan “Musiqa — doʻstlikni mustahkamlaydi” madaniy anjumani oʻtkazildi.
Bu kabi madaniy anjumanlar nafaqat insonni sanʼatga chorlaydi, balki yoshlarni ulugʻ ijodkorlarga hurmat-ehtirom koʻrsatishga, ularning yorqin xotiralarini avaylab, kelajak avlodga yetkazishga undaydi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy mamlakatlar elchixonalari hamda respublikamizda faoliyat yuritayotgan jamoat tashkilotlari vakillari, sanʼatkorlar va ustoz bastakorlar hamda talaba yoshlar qatnashdi.