Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi
Телефон:

RIMAL 2021-2022 o’quv yili uchun qabul E’LON QILADI

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

2018-yil 29-noyabrdagi 971-sonli 

QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN MUSIQA AKADEMIK LITSEYI 

Akademik litseyga nomzodlarni tanlab olish va o‘qishga qabul qilish.

  •  Akademik litseyga nomzodlar kirish imtihonlarini o‘tkazish orqali tanlab olinadi.
  •  Kirish imtihonlarini o‘tkazish uchun materiallar akademik litsey hamda Harbiy-texnik institutning yetakchi pedagog va psixologlari tomonidan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilib, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
  • Kirish imtihonlari davlat, rus va qoraqalpoq tillarida qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
  • Nomzodlar bilan quyidagi kirish imtihonlari o‘tkaziladi:
  • ona tili (diktant);
  • matematika (nazorat ishi);
  • o‘qish;
  • psixologik sinov (test);
  • ijodiy imtihon (musiqa).
  •   Kirish imtihonlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

ona tili bo‘yicha diktant matnining hajmi 110 — 120 so‘zdan iborat bo‘ladi, diktantni yozish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi;

matematika bo‘yicha nazorat ishini o‘tkazish uchun nomzodlarga 4 ta topshiriq (2 ta misol va 2 ta vazifa) beriladi, ularni echish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi;

o‘qish bo‘yicha imtihonni o‘tkazish uchun nomzodga matn taqdim etiladi, o‘qish tezligi bir daqiqaga 70 so‘zdan kam bo‘lmasligi kerak;

psixologik sinov uchun nomzodlarga 20 ta test savollari beriladi, ularni echish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi.

Ijodiy imtihonni o‘tkazish davomida nomzodning ijro etish usuli, xotira, eshitish qobiliyati va mustaqil tayyorlangan chiqishi baholanadi. Ijodiy imtihonni o‘tkazish uchun har bir nomzodga 15 — 20 daqiqa vaqt ajratiladi.

  • Nomzodlarga ijodiy sinovlar o‘tkaziladigan binoga o‘zi bilan musiqa asbobi, ijodiy ishni bajarish uchun zarur anjom olib kirishlariga ruxsat etiladi.
  • Nomzodlar barcha sinovlarning umumiy natijasi ketma-ketligi bo‘yicha belgilangan kvotaga muvofiq o‘qishga qabul qilinadi.

Terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar.

Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlarini ajratilgan besh foizli kvotalar doirasida akademik litseyga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasi bo‘yicha tanlov asosida amalga oshiriladi hamda o‘rinlar barcha sinovlarning umumiy natijalari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib, nomzod kirish imtihonlarining eng yuqori ballidan kamida o‘ttiz foizini to‘plagan taqdirda ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.

Ajratilgan besh foizli qo‘shimcha qabul kvotalariga qabul qilinmagan nomzodlar to‘plagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.

  • Bir nechta nomzodlarning o‘tish reyting ballari teng bo‘lgan holatlarda, ular akademik litseyga belgilangan kvotadan tashqari qabul qilinadi.
  • Kirish imtihonlari 100 ballik tizimda mazkur Nizomning 4-ilovasidagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyga kirish uchun imtihonlarni umumiy baholash mezonlariga muvofiq baholanadi.
  • Imtihonlarga kelmagan nomzodlar bilan takroriy imtihonlar o‘tkazilmaydi.
  • O‘tkazilgan imtihonlar natijalariga muvofiq tegishli qaydnomalar, yig‘ilish bayonnomasi, qabul qilingan o‘quvchilarning ro‘yxatlari rasmiylashtiriladi, ular qabul komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi va akademik litsey muhri bilan tasdiqlanadi.
  • Akademik litsey direktori 3-iyulga qadar Qabul komissiyasi yig‘ilishining bayonnomasi asosida nomzodlarni akademik litseyga o‘quvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
  • Kirish imtihonlarining yakuniy natijalari akademik litsey qabul komissiyasi tomonidan 5-iyulgacha e’lon qilinadi.
  • Kirish imtihonlari natijasidan norozi bo‘lgan nomzodlarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) akademik litsey direktori buyrug‘i bilan tuziladigan appelatsiya komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda appelatsiya komissiyasi deb ataladi) natija e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun davomida appelatsiya berish huquqiga ega.

Appelatsiya 3 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.

  • Appelatsiya komissiyasi tarkibiga qabul komissiyasi faoliyatida ishtirok etmagan akademik litsey xodimlari orasidan komissiya raisi va to‘rt nafar a’zo kiritiladi.
  • Nomzodning appelatsiyasini ko‘rib chiqishda nomzod va uning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) ishtirok etishi mumkin.
  • Appelatsiya komissiyasi nomzodning appelatsiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi.
  • Appelatsiya komissiyasi tegishli qarorni qabul komissiyasiga va nomzodga yetkazilishini ta’minlaydi.

 

 

O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi

Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi

2021-2022 o’quv yili uchun  “Damli va zarbli cholg’ular ijrochiligi” yo’nalishiga qabul

E’LON QILADI!

Akademik litseyga umumiy o’rta ta’lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan nomzodlarning hujjatlari 1 iyundan 20 iyungacha qabul qilinadi.

Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari lozim:

  • Nomzodning ota-onasi (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan akademik litsey direktori nomiga ariza (namuna beriladi)
  • Nomzodning tug’ulganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
  • 086-U shakl bo’yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  • Nomzodning tibbiy daftarchasi (063 shakl);
  • 6 dona 3x4 sm o’lchamli rangli fotosurat;
  • Nomzodning o’qish joyidan baholar tabelining nusxasi;
  • Ota-onasining passport va nikoh guvohnomalari nusxasi hamda ularning ish joyidan (ishsiz holda mahalladan) ma’lumotnoma;

 

  • Kirish imtihonlari 20-30 iyun kunlari o’tkaziladi.
  • Imtihonlar:
  • Ona tili (diktant);
  • Matematika (nazorat ishi);
  • O’qish;
  • Psixologik sinov (test);
  • Ijodiy imtihon (musiqa).

 

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, “S” mavzesi.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun:

(71) 276-92-36, (71)276-34-65

Web site:www.rimal.uz

Elektron pochta manzili: rimal@uzmail.uz

Telegram +99899 864 74 41 (RIMAL Qabul 2021)

 

RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN  MUSIQA  AKADEMIK  LITSEYIGA  O’QISHGA  MARHAMAT!

 

Перепечатка, а равно использование материалов с данного сайта, разрешена только по согласию с владельцем.
Bizga murojat
Контакты
Телефон:
Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi