2021 yil 18-21 fevral kunlari Andijon shahrida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan sportning “Usmanov Kombat Sistems” turi bo'yicha kattalar, yoshlar, o'smirlar va yosh bolalar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston Chempionatida muassasamiz qo'l jangi sporti to'garagi rahbari O.Maxamadiyev boshchiligida 6 nafar o'quvchilarimiz ishtirok etib, 4ta 1 o'rin va 2ta 3 o'rin egallab, musobaqa medali hamda diplomlari bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari 2 nafar uyushmagan yoshlar, 2006 yilda tug'ilgan Yo'ldoshev Abdumalik va 2008 yilda tug'ilgan Erkayev Daler ham faxrili 1 o'rinni egallab qaytishdi.