Bugun o'quvchilar uchun Yunus Rajabiy uy-muzeyiga sayohat uyushtirildi. Musiqiy nazariya kafedrasi milliy cholg'u asboblari va musiqani ommalashtirish ishlari doirasida maxsus tadbirni tayyorlandi. N. Xaydarova tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlarni o'quvchilarimiz ijro etishdi. Musiqa olamiga sayohat qiziqarli va mazmunli bo'ldi. O‘zbekiston xalq artisti, taniqli hofiz, bastakor va o‘zbek xalq musiqasi tuzuvchisi Yunus Rajabiy uy-muzeyi 1997 yilda o‘g‘li Xasan Rajabiy tomonidan tashkil qilingan. Xalq ardoqlagan hofiz umrining oxirgi 20 yilini aynan shu yerda o‘tkazgan. U butun umrini Shoshmaqomni o‘rganishga bag‘ishlagan. O‘zbek klassik xalq musiqiy-cholg‘u asari "Shoshmaqom" - 6 bo‘limdan iborat bo‘lib, bular: Buzruk, Navo, Dugoh, Segoh, Rost, Iroq.