Joriy yilning 29-yanvar kuni muassasamizda sinflar kesimida “Zakovat” bilimdonlar bellashuvi tashkil etildi. Bunda eng iqtidorli va bilimli o‘quvchilar 4 guruhda: ya’ni 7-sinf o‘quvchilarining “Tafakkur” va “Bilim” 8-sinf o‘quvchilarining “Zukkolar” hamda 9-sinf o‘quvchilarining “Sohibqiron” jamoalarida ishtirok etishib, o‘zlarini bilimlarini sinab ko‘rishdi.Ushbu bellashuv davomida kafedra o‘qituvchilari ya’ni hakamlar hay’ati a’zolari o‘quvchilarning har bir fandan olgan bilimlarini savollar berib sinab ko‘rishdi.O‘quvchilarni intellektual salohiyatini yanada oshirish va ularning bilimlarini kengaytirish maqsadida.