Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi 6 A

DOIM YODIMIZDASIZ, DOIM MINNATDORMIZ

Xotira va qadrlash xalqimizga xos bo‘lgan ulug‘ qadriyat va fazilatlardan biridir. Joriy yilning 7-8 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi jamoasi 9-may xotira va qadrlash kuni hamda g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan akademik litsey joylashgan Toshkent shahar, Chilonzor tumani “Navbaxor”mahallasida istiqomat qiluvchi 10 nafar Ulug‘ Vatan urushi front orti qatnashchilari, Afg‘on urushi qatnashchilari va mahallada istifomat qiluvchi yoshi ulug‘ fuqarorlar holidan xabar olinib ularga akademik litseyning pedagog jamoasining saxovat ko‘magi sifatida oziq-ovqat maxsulotlari topshirildi. Shuningdek mazkur bayram munosabati bilan akademik litseyda uzoq yillar faoliyat yuritib bugungi kunda nafaqalik gashtini surayotgan, yoshi ulug‘ mehnat faxriylari hamda akademik litseyda faoliyat olib borayotgan ijtimoiy himoyaga muxtoj jami 20 nafar xodimlarning xonadonlariga tashrif buyurilib ularga ham oziq-ovqat maxsulotlari saxovat ko‘magi sifatida berildi. Xonadonlarga akademik litsey ustozilaridan tashkil topgan kichik orkestr jamoasi ham tashrif buyurib o'zlarining musiqiy tabriklarini taqdim qilishdi.

photo_2020-05-08_14-05-20

photo_2020-05-08_14-32-55 (2)

photo_2020-05-08_14-30-20

photo_2020-05-08_14-05-48 (2)

Перепечатка, а равно использование материалов с данного сайта, разрешена только по согласию с владельцем.
Bizga murojat
Контакты
Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi 6 A