O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida xalqimizning ardoqli farzandi, vatanparvar shoir Muhammad Yusuf tavalludining 66 yilligi munosabati bilan ona tili va adabiyot kafedrasi tomonidan “UYDAGI YULDUZLAR!” onlayn tanlovini davom ettiramiz. Unda siz o`zingizning iqtidoringizni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha namoyish qilishingiz va tanlovimiz g‘olibiga aylanishingiz mumkin:
✅ Muhammad Yusuf she’rlariga ishlangan “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi.
✅ “Eng yaxshi ijodiy matn” tanlovi. Unda siz o‘z ijodiy qobiliyatingizni shoirimiz Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan hikoya, maqola, esse janrlarida sinab ko‘rishingiz mumkin.
✅ Eng yaxshi monolog tanlovi. Unda siz ijodkorning “Osmonning oxiri”, “Qora quyosh” dostonlaridan parchalarni yoki she’rlaridan namunalarni mahorat bilan ijro etib berishingiz mumkin. Asosiy e’tibor ijrochining aktyorlik mahoratiga qaratiladi.
✅ “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi. Faqat M.Yusuf she`rlari asosidagi qo‘shiqlarni ijro etishingiz lozim.
✅ “Eng yaxshi kuy” tanlovi. Unda faqat M.Yusuf she’rlari asosida ijro etilgan qo‘shiqlarning kuyini ijro etishingiz zarur.
✅ “Viktorina o‘yinlar” tanlovi. Joriy yilning 24-aprel kuniga qadar M.Yusuf ijodi yuzasidan uch turdagi onlayn musobaqalar tashkil qilinadi. Siz unda qatnashib, shoir ijodining qay darajada bilimdoni ekanligingizni ko‘rsatishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ijodiy namunalaringizni #UYDAGI YULDUZLAR Muhammad Yusuf tavalludining 66 yilligiga bag‘ishlanadi deb yozishni unutmang. G‘oliblar muassasamizning maqtov yorlig‘i bilan taqdirlanadi.
???? Ijodiy namunalaringizni 2020-yil 24-aprel kuniga qadar #UYDAGI YULDUZLAR kanaliga jo‘nating.