Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi 6 A

Zerikishga vaqt yo‘q – 5 tashabbus mening uyimda!

“UYDAGI YULDUZLAR!” LOYIHASI DOIRASIDAGI ONLAYN  TANLOVLAR  DAVOM ETADI

    O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi “UYDA QOLING!” onlayn tanlovi  doirasida

“Zerikishga vaqt yo‘q – 5 tashabbus mening uyimda!” loyihasini e’lon qiladi!

    Qadrli o‘quvchi, siz respublikamizda e’lon qilingan karantin davrida vaqtingizni qay darajada mazmunli tashkil etmoqdasiz?

✅ Sport bilan shug‘ullanayapsizmi?

✅ Gigiyena qoidalariga qay darajada rioya qilayapsiz?

✅ Uy yumushlarida otа-onangizga ko‘mak berayapsizmi?

✅ Darslaringizni tayyorlab, mustaqil mutolaada qaysi kitoblarni o‘qiyapsiz?

✅  Musiqa va san’atning qaysi turlari bilan shug‘ullanayapsiz?

✅  Pazandamisiz, chevarmisiz (qizlar uchun)?

✅  Hunarmandmisiz (o‘g‘il bolalar uchun)?

       Xullas, bir kunlik vaqtingizni qanday taqsimlaganligingizni mobil telefoningizda tasvirga oling va 2020-yil 1-may kuniga qadar #UYDAGI  YULDUZLAR kanaliga jo‘nating. 

     Tayyorlangan videoroliklar 3-4 daqiqadan oshmasligi zarur.

❗️ Darvoqe, videorolik yakunida “Zerikishga vaqt yo‘q – 5 tashabbus mening uyimda!” loyihasi uchun maxsus tayyorlandi, “Uyda qoling va hayotingizni asrang” deyishni unutmang!

     G‘oliblar muassasamizning maqtov yorlig‘i  va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Перепечатка, а равно использование материалов с данного сайта, разрешена только по согласию с владельцем.
Bizga murojat
Контакты
Адрес:
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S mavzesi 6 A